"Liverpul" Rayola bilan muzokara o'tkazmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
15 sen 2021
"Liverpul" kelasi yoz Erling Xolandni qo'lga kiritmoqchi.

OAV xabarlariga ko'ra, inglizlar futbolchi agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab ulgurgan. "Qizillar" yozgi transferlar oynasi vaqtida norvegiyalikning tovon puli 75 mln evrogacha tushishini yodda tutgan holda, hujumchi transferi uchun kurash og'ir bo'lishini tushunib turibdi.

Futbolchi xizmatlariga shuningdek "Chelsi", "Manchester Yunayted" va "Real Madrid" ham qiziqish bildirmoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru