"Liverpul" "Preston"dan himoyachi Devisni bonuslar bilan birga 1,6 mln funtga xarid qildi

Alisher
2 fev 2021, 07:48
"Liverpul" transfer oynasi oldidan mudofaa chizig'ini kuchaytirdi.

"Preston" himoyachisi Ben Devis "Liverpul" o'yinchisiga aylandi.

25 yoshli angliyalik futbolchi mersisaydliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Devis yangi jamosida 28-raqam ostida o'ynaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "qizillar" transfer uchun 500 ming funt to'lashgan. "Preston" yana 1,1 millionni bonuslar ko'rinishida olishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum "Preston" libosida Chempionshipda 19ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com