

Bugun "Shtutgart" bilan nazorat o'yinida maydonga tushgan Klopp shogirdlari 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Nemis jamoasi safida 24 yoshli Anton Valdemar (Olmaliqda tug'ilgan) 70 daqiqa harakatlandi.
Liverpul (Angliya) – Shtutgart (Germaniya) 3:0
22 avgust, 21.00, Sportplatz Kitzbuhel-Langau
Gollar:
1:0 – 15 Firmino, 2:0 – 40 Keyta, 3:0 – 68 Bryuster.
Liverpul – Alisson (Adrian, 46), Uilyams (Cimikas, 46), Gomes (Fillips, 46), van Deyk (van der Berg, 46; Kumetio, 68), Robertson (Bryuster, 46), Djons (Xuver, 46), Keyta (Veynaldum, 46), Fabino (Milner, 46), Mane (Gruyich, 46), Salax (Minamino, 46), Firmino (Elliott, 46).
Shtutgart – Kobel, Shtencel (Al-Gaddiui, 69), Kaminski (Aidonis, 59), Anton (Gonsales, 70), Endo (Mak, 69), Tommi (Churlinov, 32), Kastro (Kulibali, 60), Klimovich (Kalaydjich, 60), Didavi (Klement, 46), Vamangituka (Egloff, 59), Massimo (Sosa, 39).
Ogohlantirishlar:
Gomes (30).




