

"Napoli" yarim himoyachisi Pyotr Zelinski "Liverpul"ga o'tishi mumkin. Futbolchining shartnomasi keyingi yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Neapol klubi xavbek bilan shartnomani uzaytirishi qiyin, sababi sportchi so'rayotgan maosh klubdagilar tomonidan o'ta yuqori deb baholanmoqda.
Bu mavsum Zelinski 28 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.




