"Liverpul" MYUning Sterling borasidagi taklifiga rad javobini berdi

Aslanov Jasurbek
21 may 2015, 12:12
"Manchester Yunayted" "Liverpul" yarim himoyachisi Rahim Sterlingga qiziqish bildirmoqda va "qizillar"ga futbolchini xarid qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

Ammo "Livrepul" mankunianlarning taklifiga rad javobini berdi. Ushbu jamoalar o'rtasida 51 yildan beri transfer amalga oshmagan. So'nggi marta Fil Chisnoll 1964 yilda "Old Trafford"ni "Enfild"ga almashtirgan.

Sterlingning o'zi jamoani tark etish niyatida va "Liverpul" bilan yangi shartnomaga imzo chekmadi. Yarim himoyachining klub bilan amaldagi kelishuvi 2017 yilda yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com