"Liverpul" "MYU"ga qarshi o'yindan oldin uchta futbolchisini yo'qotdi

Tolibjon Qosimov
28 avg 2013, 13:30
"Liverpul"ning bir yo'la uchta futbolchisi Angliya liga kubogi 1/32 finali doirasidagi "Notts Kaunti"ga qarshi o'yinda (4:2) jroahat oldi.
"Mersisaydliklar" vakillari Jo Allen, Kolo Ture va Ali Sissoko jarohat olishdi. Brendan Rodjersning fikricha bu futbolchilar APL 3-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda maydonga tushishmaydi.

– Sissoko juda erta jarohat oldi, – deydi Rodjers goal.com nashriga. – Uni maydondan olib chiqib ketishayotganda hushsiz edi. Jo Allen va Kolo Ture ham jarohat olishdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru