"Liverpul" MYUdan ikki baravarga o'tib ketdi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2019
Tunda "Liverpul" YCHLning finalida "Tottenxem"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali  "Liverpul" evrokuboklardagi 12-sovriniga ega chiqdi. Ularning hisobida 6 Chempionlar kubogi, shuningdek, 3tadan Yevropa ligasi/UEFA Kubogi hamda UEFA Superkubogi sovrini bor.

Bu Angliya jamoalari uchun absolyut darajadagi rekord hisoblanadi. Yaqin taqibchi "Manchester Yunayted" hisobida 6 sovrin bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA