"Liverpul" muxlislari otgan buyumlarini murabbiy suratga oldi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
5 apr 2018, 16:13
"Liverpul" - "Manchester Siti" o'yinidan oldin "qizillar" ishqibozlari raqib jamoa avtobusiga hujum qilishdi.

"Shaharliklar" avtobusi "Enfild" stadioniga kirib borayotgan paytda, yo'lni to'ldirib turgan "qizillar" muxlislariga duch kelishdi. Ishqibozlar ushbu tranpsport vositasiga qo'lidan turgan buyumlarni (suv stakani, shisha idish va boshqalar) uloqtirishdi. "Manchester Siti" murabbiylaridan biri Manel Estiarte ushbu vaziyatni suratga oldi.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail