"Liverpul" muxlislari MYUga qarshi o'yinda farzandidan ayrilgan Ronalduni qarsaklar sadosi ostida qo'llab-quvvatlashmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 apr 2022, 19:27
Bugun bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasi 30-tur uchrashuvining 7-daqiqasida “Liverpul” ishqibozlari "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni olqishlar bilan qo'llab-quvvatlashni rejalashtirishmoqda.

Avvalroq “Manchester Yunayted” hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi yangi tug'ilgan egizaklardan birining fojiali o'limi haqida ma'lum qilgandi.

"Liverpul" muxlislari Ronaldu 7-raqam ostida to'p tepishidan kelib chiqib bahsning 7-daqiqasida maxsus akciyani amalga oshirishadi.

Ushbu harakatni qo'llab-quvvatlagan va maqullagan "Liverpul" ixlosmandlari dil izhorlarini ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilishadi. Barcha muxlislar "inson fojiasida klub ranglari yo'q" degan fikrga qo'shilishmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Ronalduning o'zi "Liverpul" bilan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Star