"Liverpul" muxlislari Koutino mashinasiga tosh otishdi

Aslanov Jasurbek
10 may 2017, 21:16
"Liverpul" muxlislari klub yarim himoyachisi Filippe Koutinoning jamoadan ketishini salbiy qabul qilishdi.

Oldinroq braziliyalik o'z kuchini "Barselona"da sinab ko'rmoqchi ekanligi e'lon qilingandi.

Shu sababli klub muxlislari o'zining etirozini bildirish uchun futbolchining mashinasiga tosh otishdi. Voqea natijasida, "Liverpul" uy arenasi yaqinida turgan mashinaning yon oynalari sindi va kuzovga zarar etdi.

Oldinroq "Liverpul" Koutino uchun "Barselona"dan 90 mln. evro talab qilayotgani e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo