"Liverpul" Musialani sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
18 mar 2024
21 yoshli Jamol Musiala Yevropaning eng yaxshi yosh iqtidorlaridan biri sanaladi va "Bavariya" uni 100 million funtga baholamoqda.

Musialaning shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor va hozircha "Bavariya"ning Jamolni yangi bitimga ko'ndirishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.

"Football Insider" xabariga ko'ra, Mersisayd klubida ishlash uchun qaytayotgan "Liverpul" sobiq sport direktori Maykl Edvards Musialani yozdagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko'rmoqda.

"Chelsi" akademiyasida 9 yil o'tkazgan Musiala joriy mavsum "Bavariya" safida 10 ta gol urdi va 6 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider