"Liverpul" Mbappega qiziqishini saqlab qolgan

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023, 16:25
Fransiyalik futbolchi Premer-liga klubiga o'tishi mumkin.

"Liverpul" PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo'lga kiritish imkoniyati borligiga ishonmoqda. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.

Angliya klubi so'nggi 6 yil davomida Fransiya terma jamoasi futbolchisi atrofidagilar bilan aloqani davom ettirib kelmoqda. Mersisaydliklar Mbappe keyingi yozda faoliyatini davom ettirish uchun "Liverpul"ni tanlashi mumkinligiga ishonishmoqda.

24 yoshli Mbappe 2018 yilning yozidan buyon PSJda to'p tepib kelmoqda. Uning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe