"Liverpul" Markovichni 26 mln. evro evaziga "Fenerbaxche"ga sotmadi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2016, 17:12
"Liverpul" rahbariyati "Fenerbaxche"ning yarim himoyachi Lazar Markovich borasidagi taklifini rad etdi.

21 yoshli serbiyalik futbolchi turk klubida ijarada o'ynaydi. Kelishuv mavsum oxirigacha belgilangan. "Fenerbaxche" yarim himoyachini 26 mln. evroga sotib olmoqchi edi, ammo "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, ingliz klubi "Shaxtyor" futbolchisi Aleks Teysheyra transferi borasida kelisha olmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Independent