"Liverpul" Lovro Mayerni safiga qo'shib olmoqchi

23 sen 2022, 17:45
"Renn" yarimhimoyachisi Lovro Mayer Mersisayd klubini qiziqtirib qo'ydi.

24 yoshli Mayer ushbu mavsumda Liga 1’da yaxshi taassurot qoldirdi. Francuz klubi uning xizmatlarini 60 mln evroga baholadi. 

Xorvatiyalik futbolchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi ham da'vogar bo'lib turibdi. "Liverpul" yarimhimoyadagi muammolarini hal qilish uchun Mayyerdan tashqari "Borussiya" Dortmund futbolchisi Jud Bellingemni 120  mlnga xarid qilmoqchi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Express