"Liverpul" "Lion" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Omonjon To`xtamirzayev
26 noya 2024, 14:15
"Lion" forvardi Malik Fofana faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, belgiyalik futbolchi xizmatlariga "Liverpul" klubi qiziqib qolgan. Francuz klubi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ham iqtidorli futbolchisini sotishga rozi bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Malik joriy mavsum "Lion" safida chempionat va Yevropa Ligasi doirasida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

Jorj Mikautadze faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive