"Liverpul" "Lids" vingerini nishonga oldi

Alisher
16 apr 2021
"Liverpul" "Lids" vingeri Rafinya Diasni kuzatmoqda.

Mersisaydliklar Jerdan Shakiriga o'rinbosar bo'la oladigan 24 yoshli braziliyalik futbolchini yozda o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Rafinya klubga yozda "Renn"dan 17 million evro evaziga o'tgandi. O'yinchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuliga qadar mo'ljallangan.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Football Insider