"Liverpul" Isak transferi amalga oshmasa, 5 nafar nomzodlarni ko'rib chiqmoqda

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2025, 12:45
"Liverpul" Aleksander Isak transferi bekor bo'lish ehtimolini hisobga olib, boshqa hujumchilarni ko'rib chiqmoqda.

Mersisaydliklarning qisqa ro'yxatiga "Aston Villa"dan Olli Uotkins, "Brentford"dan Yoan Vissa, "Ayntraxt"dan Yugo Ekitike va Viktor Osimxen kiritilgan, deb xabar beradi Daily Mail.

Manbaga ko'ra, "Liverpul" shuningdek, "Real"ni tark etishi mumkin bo'lgan vinger Rodrigo vaziyatini kuzatmoqda.


Bundan tashqari, "qizillar"ning e'tibor doirasida "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford bor, ammo bu futbolchi bo'yicha muzokaralar hozircha natijasiz.

Nunesdan tashqari, "Liverpul" 22 yoshli yarim himoyachilar Xarvi Elliott va Tayler Mortonni sotishni rejalashtirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail