"Liverpul" himoyachisi jamoadan ketmoqda

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019
"Liverpul" himoyachisi Natanel Klayn qishda jamoadan ketadi.

Mersisaydliklar Klaynni mavsum yakuniga qadar "Bornmut"ga ijaraga berishga rozi bo'lishdi. 27 yoshli angliyalik jamoasida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Uzoq muddat davomida belidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lgan Klayn asosiy tarkibdagi joyini yo'qotdi. Bu mavsumda u "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagina 90 daqiqa harakat qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports