"Liverpul" himoyachisi 3 haftani o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
13 avg 2018, 19:44
"Liverpul" markaziy himoyachisi Deyan Lovren jarohat oldi va taxminan 3 haftani o'tkazib yuboradi.

Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp aytib o'tdi.

"O'tgan mavsum ham unda deyarli shunday muammo bo'lgandi. Lekin, u o'ynay oladigan holatda edi. JCH-2018da u uch bor 120 daqiqadan o'ynadi. Jarohat o'zini eslatdi. To'liq tiklanish uchun 3 hafta vaqt kerak", - deya Kloppning so'zlarini keltirdi "Sky Sports".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports