"Liverpul" futbolchisining "Borussiya"ga o'tishi bekor bo'ldi

Mirjalol Normatov
24 avg 2018, 23:41
Dortmundning "Borussiya"si "Liverpul" forvardi Divok Origi bilan kelisha olmadi.

"Mirror" xabariga ko'ra, "arilar" futbolchini bir mavsumga ijaraga olmoqchi bo'lgan. Biroq mersisaydliklar buni istamagan va hujumchini to'liqligicha sotishni rejalashtirgan. Ammo "Borussiya" bunga tayyor bo'lmagani bois, transfer amalga oshmay qolgan.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" futbolchini 30 mln evroga baholagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror