"Liverpul" futbolchisi 3-4 oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
9 okt 2022, 00:55
"Liverpul" yarim himoyachisi Artur ma'lum muddatga safdan chiqdi.

Braziliyalik futbolchi mashg'ulotda olgan jarohati sababli jarrohlik stoliga yotadi. Operaciyadan keyin u 3-4 oyni maydonning tashqarisida o'tkazib yuboradi.

Xavbek yozgi transferlar oynasi vaqtida "Yuventus"dan ijara asosida "Liverpul"ga o'tgandi. Shundan buyon u faqatgina YCHL doirasida "Napoli"ga qarshi o'yinda 13 daqiqagina maydonda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal