"Liverpul" yetakchisi bir necha hafta maydonga tushmasligi mumkin

Mirjalol Normatov
8 okt 2018, 21:13
"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner kecha APL 8-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.

Sky Sports xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi tizzaosti sohasidan jarohatlangan. Shu orqali u bir necha haftani o'tkazib yuboradi. Ammo aniq muddat hozircha berilmagan.

Bu mavsumda Milner "Liverpul" tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 2 gol urdi va shuncha golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports