"Liverpul" "Enfild" sig'imini ko'paytirmoqda

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2021, 01:38
"Qizillar" "Enfild" sig'imini oshirishni rejalashtirishmoqda.

15 iyun kuni Liverpul shahar kengashi  arenani rekonstrukciya qilish rejasini tasdiqladi. Qurilishdan keyin stadion sig'imi 7 mingga ko'payib, umumiy 61 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.

Rekonstrukciya ishlari uchun 50 million funt sarflanadi. Qurish ishlari taxminan 2023 yilning yozida tugaydi.

Ma'lumot uchun, "Enfild" o'yingohi 1884 yilda qurilgan. Uning sig'imi 54074 ni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com