"Liverpul" egalari klubni 3,5 mlrd evroga sotmadi

Mirjalol Normatov
25 apr 2021
"Liverpul" egasi hisoblangan "Fenway Sports Group" kompaniyasi klubni 3,5 mlrd evroga sotmadi.

"Mirror" xabariga ko'ra, ushbu taklif klubning Yevropa Superligasida ishtirok etishni e'lon qilgan kunidan oldin tushgan. Xaridor esa Yaqin Sharq mamlakatidan bo'lgan.

Oldinroq "Fenway Sports Group" Superligadan chiqqani uchun "Liverpul"ni sotib yuborishni istayotgani borasida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Kompaniya 2010 yili klubni 348 mln evroga sotib olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror