"Liverpul" darvozaboni jamoadan ketishini agenti tasdiqladi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 10:10
"Liverpul" darvozaboni Simon Minolening agenti Niko Vaesenning aytishiga ko'ra, mijozi boshqa jamoaga yo'l olishi mumkin.

"Alissonning transferi hech nimani anglatmaydi. Maqsadim - Simon uchun to'g'ri variantni izlash. 60-70 millionlik darvozabon zaxirada o'tirmasligi kerak. Holatni to'g'ri baholagan holda unga variantlar izlamoqdamiz. Bunda Minole doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak. Keyingi 3-4 kunda ko'p narsa oydinlashadi", - dedi agent.

Alissonning transferidan keyin Simon Minole jamoaning uchinchi darvozaboniga aylanib qolishi mumkinligi xavfi bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Walfoot