

Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar rahbariyati 28 yoshli shveytsariyalik futbolchining sotuvidan 30 million evro ishlab olishmoqchi.
Futbolchiga qiziqayotganlar orasida "Roma", SSKA va "Sevilya" klublari bor.
Shakiri "Liverpul"ga "Stok Siti"dan 15 million evro evaziga o'tgandi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Shveytsariyalik yarim himoyachi joriy mavsum Premer-ligada 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.



