"Liverpul" "Borussiya"dan xafa bo'ldi va o'rtoqlik o'yinini bekor qildi

20 may 2018, 10:31
Angliyaning "Liverpul" klubi Menxengladbaxning "Borussiya" jamoasidan xafa bo'ldi.

"Sky Sports" nashrining xabar qilishicha, 7 avgust kuni "Liverpul" "Borussiya M" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinini bekor qilgan. Germaniya jamoasi "Liverpul" futbolchisi Rian Byusterga qiziqish bildirgani sababli "qizillar" "Borussiya M" klubidan xafa bo'lgan. "Borussiya M" klubi futbolchini sotib olishga yaqin deya avval xabar qilingan edi. Ammo, "Liverpul" rahbariyati o'z tarbiyalanuvchisini qo'yib yubormasligini bildirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: footballhd.ru