"Liverpul" "bo'rilar" yarim himoyachisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
17 sen 2022, 17:30
"Liverpul" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Mateus Nunesga qiziqish bildirmoqda.

"UOL" xabariga ko'ra, agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, "Liverpul" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemning transferi ustida ish olib boradi.

Manbaga ko'ra, kelishuvlar qishki transfer oynasida yopilishi mumkin.

Nunes shu yilning avgust oyida 45 million evro evaziga "Sporting"dan "Vulverxempton"ga o'tgan edi.

Premer-ligada u 4 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UOL