
Xabarlarga ko'ra, Brendan Rojers 26 yoshli francuzni o'z jamoasida ko'rishni istaydi. Oldin ham "Liverpul" Benzemaga qiziqqani to'g'risidagi mish-mishlar paydo bo'lgandi, ammo futbolchi "Real" bilan shartnomani uzaytirganidan so'ng bu gap so'zlar yo'q bo'ldi. Ammo Fransiya terma jamoasi futbolchisining "Qirollik klubi"dagi holat bir maromda emas, shu sababli u klubni tark etishi mumkin. Angliya klubi Benzema uchun 40 million funt sterling tayyorlayapti deb yozmoqda "Daily Star" nashri.