"Liverpul" belgiyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
15 fev 2022, 16:53
"Lester" o'rta chizig'i yetakchisi Yuri Tilemans Angliya klublari orasida katta talabga ega bo'lmoqda.

Belgiyalik futbolchining yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirish ehtimoli bor.

O'yinchi uchun kurashga "Liverpul" qo'shildi. Mersisaydliklar Yuri uchun "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "Chelsi" bilan kurashishga tayyor.

Tilemansning transferi ehtimoliy xaridorlarga taxminan 55 million evroga tushadi.

24 yoshli belgiyalik joriy mavsum APL doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol (2tasi penaltidan) va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes