"Liverpul" "Bayer" futbolchisi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
15 may 2025, 20:22
"Liverpul" Jeremi Frimpongning tovon pulini to'lab, o'z tarkibiga qo'shib olishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, Mersisayd klubi futbolchi uchun 35 million evro to'lashga tayyor. Bu summani klubdagilar qoniqarli summa deb hisoblashmoqda.

Frimpong qanot himoyasida o'ynay oladi. Biroq uning asosiy funkciyasi faqatgina bu emas - u hujumkor himoyachi sifatida ham o'zini ko'rsatgan.

Futbolchi va klub o'rtasida shaxsiy kelishuv bor, tomonlar bunda muammo ko'rmagan. Frimpongning o'zi ham "Liverpul"ga o'tishga tayyor turibdi.

Frimpong ushbu mavsumda Bundesliganing 33 o'yinida 5tadan gol va assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/JacobsBen