"Liverpul", "Bavariya" va PSJ Gaviga qiziqmoqda

Alisher
19 apr 2022
Bir necha Yevropa top-klublari "Barselona" xavbeki Gaviga qiziqish bildirmoqda.

17 yoshli yarim himoyachi uchun "Liverpul", "Bavariya" va PSJ klublari davogarlik qilmoqda.

Angliya klubi o'yinchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomani uzaytirishi bilan bog'liq muammolari fonida o'yinchi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Futbolchining amaldagi shartnomasida 50 million evrolik tovon puli yozilgan.

Yarim himoyachi ushbu mavsum La Ligada debyut qildi va 27ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: sport.es