"Liverpul" Arturni sotib olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022, 16:25
"Yuventus" yarim himoyachisi Artur Melo faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Fabricio Romano.

Tomonlar ijara shartnomasini tuzishga yaqin turishibdi.

Tez orada yarim himoyachi tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak, tomonlar yakuniy tafsilotlarni kelishish bilan band. "Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2022/23 yilgi mavsumda Meloning xizmatlariga muhtoj emas.

"Liverpul" yarim himoyadagi kadrlar muammosi tufayli Arturni sotib olishga qaror qildi.

A Seriyaning joriy mavsumida futbolchi birorta ham o'yin o'tkazmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano