

APL 30-turida "Liverpul" "Arsenal" bilan durang (2:2) qayd etdi. Jamoa hozirda 29 o'yin o'tkazib, 44 ochko bilan 8-o'rinda ketmoqda. "Arsenal" esa hozirda "Liverpul"dan 29 ochko oldinda. Bu esa "Liverpul"ning chempionlik uchun rasman imkoniyati qolmaganini anglatadi. Jamoa qolgan to'qqizta o'yinda g'alaba qozongan taqdirda ham "Arsenal"ni quvib eta olmaydi.
Avvalroq, "Liverpul" Yevropa Chempionlar Ligasidan ham chiqib ketgandi. Klub Angliya kubogidagi ishtirokini ham "Brayton"ga qarshi mag'lubiyatdan keyin yakunlangandi. Demak, bu yil Yurgen Klopp rasman birorta ham sovrin yuta olmaydi.



