"Liverpul" 90 mln evro evaziga hujumchi xarid qilishi mumkin

Alisher Ostonov
20 iyul 2025, 13:03
"Liverpul" Germaniya klubi bilan kelishuvni deyarli yopdi.

"Ayntraxt" forvardi Ugo Ekitike Angliyaga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Futbolchini "Liverpul" sotib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, APL chempioni kelishuvni deyarli yopgan. Transfer qiymati 90 mln evroni tashkil etadi.

Ekitike o'tgan mavsum 48 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano