"Liverpul" 2015/16 yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natijasini qayd etmoqda

Aziz Tukhtamuradov
22 yanv 2021, 07:09
"Liverpul" bugun tunda APL doirasidagi o'yinda "Byornli"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

19 turdan so'ng mersisaydliklar hisobida 34 ochko bor. Bu "qizillar"ning 2015/16 yilgi mavsumdan so'ng ko'rsatgan eng yomon natijalaridir. O'sha mavsumda "Liverpul" 30 ochko to'plagan va yakunda APLda 8-o'rinni egallagandi. 

Ayni paytda jamoa APL jadvalida yetakchi MYUdan 6 ochkoga ortda qolgan holda, to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Stats Foot