"Liverpul" 19 yoshli forvardga qiziqmoqda

Administrator
15 yanv 2025
"Liverpul" hujumchi Stefanos Cimasning transferiga qiziqmoqda.

19 yoshli o'yinchi "Nyurnberg"da PAOKdan ijara asosida o'ynamoqda.

Klub o'yinchini yozda belgilab qo'yilgan 25 mln evroga qayta sotish uchun 18 mln evrolik xarid qilish huquqidan foydalanmoqchi.

"Liverpul" "Nyurnberg" bilan ham, futbolchi bilan ham aloqaga chiqdi. Ammo, grek futbolchisiga Bundesliga, "Chelsi", "Brayton" va "Aston Villa" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Cimas joriy mavsum 2-Bundesliga doirasidagi 14ta o'yinda 8ta gol va 2ta assist qayd etdi. Forvard Gretsiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida ham o'ynaydi.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport