"Liverpul" 17 yoshli futbolchi uchun bo'layotgan kurashda yetakchi

Alisher
25 iyun 2019, 17:01
Gollandiyaning "Zvolle" klubi himoyachisi Zepp van den Berg shu yozda "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

17 yoshli futbolchini shuningdek Amstyerdamning "Ayaks" hamda Myunxenning "Bavariya" klublari ham kuzatmoqda. Ammo o'yinchining o'zi esa omadini Angliyada sinab ko'rmoqchi.

Zepp van den Berg yakunlangan mavsum Gollandiya chempionati doirasida 15ta o'yinda maydonga tushgan. Murabbiy uni bir necha marotaba o'ng qanot himoyasida o'ynatdi.

O'yinchi 2018 yildan beri Gollandiyaning 19 yoshgacha bo'lgan terma jamoasi harakat qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Telegraph