Livan FF Miodrag Radulovichni qo'yib yuborishni istamadi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015
2016 yilning may oyida Livan terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetishi kerak bo'lgan Radulovich u yerda yana 1 yil qoladigan bo'ldi.

Bolqonlik murabbiyga "Bunyodkor" jiddiy qiziqish bildiraetgan edi. Xatto ular Radulovich bilan 3 yilga mo'ljallangan og'zaki kelishuvga ham erishib ulgurgan edilar. Ammo Livan FF osie chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan terma jamoalarini yaxshi murabbiysiz koldirishni istamadilar shekilli, u bilan tuzilgan shartnomani uzaytirish harakatiga tushdilar.

Aftidan "Bunyodkor" o'zi uchun yangi murabbiy qidiradigan ko'rinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia