"Lion"ning hujumkor uchligi PSJning fantastik uchligini ortda qoldirdi FOTO

Tolibjon Qosimov
27 noya 2017, 19:07
Dam olish kunlari Fransiya chempionatida 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o'rinda borayotgan PSJ va "Lion" raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi. Ayni paytga kelib PSJ chempionatda raqiblar darvozasini 45 marotaba aniq nishonga olib ulgurdi, "Lion" esa 37ta gol urdi. Shu o'rinda PSJning fantastik uchligi Edinson Kavani, Neymar va Kilian Mbappe 14 uchrashuvda jami 26ta gol urdi. "Lion"ning hujumkor uchligi Nabil Fekir, Mariano Dias va Memfis Depay esa hozircha 29ta to'p kiritdi. Demak, lionliklar uchligi hozircha gol urish bobida parijlik yulduzlardan oldinda.


Fransiya chempionati turnir jadvali >>> LIGA 1

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball