

Messining hozirgi shartnomasi 2018 yil yozida tugaydi. Agar Messi "Barselona" bilan kelishuvni uzaytirsa dunyoda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Neymar yozda klub bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan va yiliga 25 million evro maosh olmoqda. "Barselona" o'zining yana bir hujumchisi urugvaylik Luis Suares bilan kelishuvni uzaytirish borasida muzokara olib bormoqda.



