Lionel Messi yana bir bor "Goal 50" sovrinini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
28 noya 2015, 11:41
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Goal nashri tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va "Goal 50" sovrinini qo'lga kiritdi.

Leodan keyingi o'rinlarni, Krishtianu Ronaldu, Luis Suares va Neymar egalladi.

Messi ushbu sovrinni to'rtinchi marotaba qo'lga kiritishi va bu rekord natija hisoblanadi. 28 yoshli hujumchi "Goal 50" sovrinini 2009, 2011 va 2013 yillarda qo'lga kiritgan edi.

"Doimo shu gapni aytib kelaman, men uchun jamoaviy sovrinlar muhim, ammo ushbu sovrinni qo'lga kiritganimdan xursandman. Sizlardan minnatdorman" - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, ushbu sovrin ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia