Lionel Messi "Valensiya"ga qarshi o'yinda ishtirok etadimi? Futbolchining o'zi bunga javob berdi

Alisher
12 sen 2019, 15:01
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi jarohati haqida gapirdi.

Jurnalist undan keyingi o'yinda ishtirok etish yoki etmasligi haqida so'radi.

- Yo'q, men hali yakka tartibda shug'ullanmoqdaman va qachon qaytishimni bilmayman. Tekshiruvlardan o'taman va qachonki 100% formada bo'lsam o'ynashga tayyor bo'laman.

"Valensiya"ga qarshi o'yinda o'ynamayman. Ko'ramiz, "Borussiya" yoki "Granada"ga qarshi o'yinda o'ynaymanmi yoki yo'q. Aytganimdek, aniq qachon qaytishimni bilmayman, - deydi Messi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es