Lionel Messi: Buxarestdagi maydon o'ynashga halal berdi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2014
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ruminiyadagi nursiz durang haqida fikr bildirib, maydon sifatidan nolidi.
"O'zimizni oqlashni yoqtirmayman. Biroq maydon sifati talabga javob bermas ekan. To'p sakrab ketaverdi. To'xtatish qiyin bo'ldi. Biz esa qo'ldan kelganini qildik.

Ikkinchi taymda yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Jahon chempionatiga tayyorlanish uchun yana ikkita o'yinimiz bor", dedi Messi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru