Lionel Messi “Barselona” rahbariyatiga yangi murabbiyni taklif qildi

Khoja
30 yanv 2024, 10:44
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni “Barselona”ni boshqarishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi Kataloniya klubi rahbariyatiga aynan Skaloni bilan shartnoma imzolashni taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, “Barselona”ning amaldagi bosh murabbiyi Xavi yozda jamoani tark etishini e'lon qilgandi.

Lionel Skaloni esa o'tgan yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingandi. Murabbiy Argentina terma jamoasini 2018 yildan beri boshqarib keladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com