
Eslatib o'tamiz, ma'lum qilinmagan sabablarga ko'ra “Messining do'stlari” uchrashuvi boshlanishidan bir kun avval qoldirilgan edi.
“Los-Anjelesdagi o'yin tashkilotchilaridan juda ko'nglim qoldi. Men Peru hamda Kolumbiyadagi o'yinlardagidek u erga borib futboldan bahramand bo'lmoqchi edim. Ushbu loyiha ishqibozlar uchun ishlab chiqilgan, shuning uchun men tashkilotchilikdan ko'nglim qoldi. Stadionga kelmoqchi bo'lganlarni quchib qolaman. Qo'llab quvvatlaganingiz uchun tashakkur”, - deb yozgan futbolchi o'zining Facebook dagi sahifasida.