“Lion” prezidenti: “Fekirning qolishi 95% hal bo'lgan”

Aziz Tukhtamuradov
14 avg 2018, 00:50
Fransiyaning “Lion” klubi prezidenti Jan-Mishel Ola jamoaning hujumkor yarim himoyachisi Nabil Fekir haqida fikr bildirdi.

Klub rahbarining aytishicha, Fekirning jamoada qolishi 95 foizga hal bo'lgan. Nabil faoliyatini “Liverpul” klubida davom ettirishga juda yaqin kelgandi. Lekin yakunda muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. 

“Fekirning jamoada qolishi 95 foizga hal bo'lgan. Shunday bo'lsada, men o'sha 5 foizdan qo'rqib turibman”, - dedi Ola.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif