“Lion” yetakchisi jamoadan ketish istagini bildirdi

20 may 2019, 08:52
Tangi Ndombele “Lion”ni tark etishi istagida.

Telefoot nashri ma'lumotiga ko'ra, Tangi APLda faoliyatini davom ettirishni istamoqda. Uning uchun asosiy da'vogar sifatida “Tottenxem” qaralmoqda. Shuning uchun, “Yuventus” va PSJdan bo'layotgan takliflarni ko'rib chiqmoqchi emas. Uning transferi 70-80 mln evroga baholanmoqda. 2018/19 yilgi mavsum futbolchi barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Telefoot