"Lion" Emersonni "Chelsi"dan xarid qilmoqchi

Alisher
8 mar 2022
"Chelsi"dan ijara asosida o'ynayotgan "Lion" himoyachisi Emerson francuz klubida qolishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Lion klubi 27 yoshli italiyalik bilan to'laqonli shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

O'yinchi uchun shuningdek "Lacio" ham davogarlik qilmoqda.

Emerson joriy mavsum 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira