

Lionliklarning muxlislari o'tgan mavsum Yevropa Ligasining 1/8 finalidan o'rin olgan Moskvaning SSKA jamoasiga qarshi kechgan (2:3) uchrashuv chog'ida stadion tribunalarida tartibsizliklarga yuzaga keltirishgandi.
O'shanda “Lion” muxlislari stadionga turli buyum va jismlarni uloqtirishgan, tribunada nomaqbul harakatlari bilan tartibni saqlay olishmagan edi. UEFA tartib-intizom qo'mitasi bu holatni izchil o'rganib chiqib, francuz klubiga yuqoridagi jazoni qo'lladi.
Ma'lumot uchun, “Lion” o'tgan mavsum Fransiya chempionatida 3-o'rinni egalladi va bu bilan YCHLning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.




